На этой странице вы можете скачать или прослушать песню «
Zulayho Boyxonova - Ayol». Для того чтобы скачать песню в MP3, Вам нужно кликнуть по кнопке «
Скачать». Для прослушивания песни вам надо нажать на кнопку «
Слушать»
Zulayho Boyxonova - Ayol (Qo'shiq matni)
Avaylangiz ayol zotini,
Do'st-u dushman bilsa, bilmasa.
Eshitmasin nola, dodini,
Dunyo yig'lar ayol yig'lasa.
Bisotimiz, hayotimiz – U,
Suyanchimiz, najotimiz – U,
Qo'llab turgan qanotimiz – U,
Samo yig'lar ayol yig'lasa. (x2)
Ayolga deb gul ekiladi,
U yo'q joyda hayot so'ladi.
Undan jannat isi keladi,
Xumo yig'lar ayol yig'lasa.
Boshimizga qo'ngan baxtimiz,
G'animatimiz-u naqdimiz.
“Sen”, demoqqa yo'qdir haqqimiz,
Xumo yig'lar ayol yig'lasa.
Hayot berar baxr-u barlarga,
Quyosh bo'lib kirar qalblarga.
Onadir U payg'ambarlarga,
Daryo yig'lar ayol yig'lasa.
Unga bexisht gullarin atang,
Boshidan zar soching daf’atan.
Xudo haqqi, faqat yig'latmang,
Xudo yig'lar ayol yig'lasa.
Eshitmasin nola, dodini,
Dunyo yig'lar ayol yig'lasa. {x2}